Siyosat
AQSh 10 davlat, jumladan, Oʻzbekiston bilan muhim minerallar boʻyicha ikki tomonlama kelishuv (yoki oʻzaro anglashuv memorandumi)ni imzoladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti va Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Memorandumni imzolagan boshqa davlatlar qatorida Argentina, Kuk orollari, Ekvador, Gvineya, Marokash, Paragvay, Peru, Filippin va BAA bor.
“AQSh soʻnggi besh oy ichida yana 10 ta shunday hujjatni imzolagan edi va hozirda yana 17 ta davlat bilan bu boradagi muzokaralarni yakunladi. Qoʻshma Shtatlar nodir minerallar diplomatiyasida misli koʻrilmagan yetakchilikni namoyish etmoqda. Ushbu kelishuvlar davlatlarning narx shakllanishidagi muammolar boʻyicha hamkorlik qilishi, rivojlanishni ragʻbatlantirishi, adolatli bozorlar yaratishi, ustuvor taʼminot zanjirlaridagi boʻshliqlarni toʻldirishi va moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi”, – deyiladi departament bayonotida.
Uchrashuvda qatnashgan tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Oʻzbekiston ushbu sohada salmoqli salohiyatga ega” ekanini taʼkidladi.
“AQSh Davlat kotibining birinchi oʻrinbosari Kristofer Landau janoblari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumati oʻrtasida muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlarini qazib olish hamda qayta ishlash sohasida taʼminot barqarorligi toʻgʻrisida anglashuv memorandumini imzoladik. Biz oʻta muhim minerallarni nafaqat iqtisodiy imkoniyat, balki masʼuliyatli hamkorlik va uzoq muddatli barqaror rivojlanish uchun muhim yoʻnalish sifatida koʻramiz”, – dedi vazir.
AQSH Davlat departamenti Landau va Saidov oʻrtasidagi uchrashuv haqida shunday yozdi:
“Ular muhim minerallar ikki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va energiya xavfsizligini oshirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi. Qoʻshma Shtatlar noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, tijorat aloqalarini kengaytirish va Qoʻshma Shtatlarni Markaziy Osiyoning beshta davlati (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) bilan C5+1 diplomatik platformasi orqali oʻzaro aloqalarni kuchaytirishni intiqlik bilan kutmoqda”.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111044
Jamiyat
94512
Jamiyat
90454
Jamiyat
74514
Jamiyat
//
Izoh yo‘q