Siyosat
Pokiston – Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston transport yoʻlagini yaratish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pokiston temir yoʻllar vaziri oʻrinbosari Mazhar Ali Shoh bilan Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston temir yoʻl qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun qisqa muddatda dala tadqiqot ishlarini boshlashga kelishilgan.
Shuningdek, Pokiston kommunikatsiyalar vaziri oʻrinbosari Ali Shoh Masud bilan yangi Pokiston – Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston transport yoʻlagini yaratish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Tomonlar joriy yil fevral oyida mazkur yoʻnalishda pilot tashuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Bundan tashqari, Pokistonning dengiz ishlari vaziri oʻrinbosari Umar Zafar Sheyx va Karachi porti raisi Shahid Ahmed bilan uchrashuvda Pokiston portlari orqali Oʻzbekiston yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, Karachi portida Oʻzbekiston omborini tashkil etish hamda investorlarga imtiyozlar berish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakuniga koʻra, portda Oʻzbekiston omborlarini tashkil etishga kelishildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111611
Jamiyat
94640
Jamiyat
90625
Jamiyat
75106
Jamiyat
//
Izoh yo‘q