Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan 5-6 fevral kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, dasturga muvofiq, Islomobodda Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy, bosh vazir Shahboz Sharif, Mudofaa kuchlari oliy bosh qoʻmondoni – Qurolli kuchlarning quruqlikdagi qoʻshinlar qoʻmondoni, feldmarshal Asim Munir bilan muzokaralar hamda Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.
“Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari oliy darajadagi muloqotlar kun tartibining markazida boʻladi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, siyosiy muloqotni kengaytirish, ikki mamlakat hukumatlari, parlamentlari, ishbilarmon doiralari hamda hududlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashning muhim jihatlari har tomonlama koʻrib chiqiladi.
Tomonlar tovar ayirboshlashni oshirishga, sanoat, transport va infratuzilma, turizm sohalaridagi hamkorlik loyihalarini ilgari surishga hamda madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunida Qoʻshma deklaratsiya va ustuvor sohalar boʻyicha kelishuvlarning salmoqli toʻplami imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat yetakchi ishbilarmon doiralari vakillarining qoʻshma biznes forumida ham ishtirok etadi.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74511
Jamiyat
//
Izoh yo‘q