Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va e’tibori bilan Birinchi Prezidentning xotirasi abadiylashtirildi, Samarqandda uning maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar sanasini nishonlash ezgu an’anaga aylandi.
.png)
Marosim davomida Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Birinchi Prezidentning Vatan manfaatlari yo‘lidagi faoliyati, insoniy fazilatlari yodga olindi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, Birinchi Prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilib, xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.
.png)
.png)
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
110923
Jamiyat
94486
Jamiyat
90412
Jamiyat
74396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q