Siyosat
Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Rejep Toyyip Erdog‘on Hatay viloyatida mamlakat tomonidan barpo etilgan “O‘zbekiston” turar joy majmuasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Marosimda so‘zga chiqqan davlat rahbari uch yil oldin sodir bo‘lgan vayronkor zilzila qardosh turk xalqi uchun og‘ir sinov bo‘lganini ta’kidladi. O‘zbekiston ushbu fojiali davrning dastlabki kunlaridanoq Turkiyaga har tomonlama yordam ko‘rsata boshladi.
Qayd etilishicha, qisqa fursatda 100 nafar o‘zbekistonlik qutqaruvchi va 70 nafar tibbiyot xodimi falokat sodir bo‘lgan hududga yetib bordi. Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 18 kishi qutqarildi, 200 nafarga yaqin jabrlanganlar vayronalar ostidan chiqarildi. Dala shifoxonasi 4 ming nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatdi.

Prezident Rejep Toyyip Erdog‘on tashabbusi bilan zilzila oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi. Bugungi kunga qadar mamlakatda 455 mingdan ortiq uy-joy qurildi.
O‘zbekiston, o‘z navbatida, qisqa muddatlarda Hatay viloyatining Arsuz tumanida 300 dan ziyod to‘liq jihozlangan xonadon, jami 24 ta ko‘p qavatli uydan iborat barcha zarur infratuzilmaga ega zamonaviy turar joy majmuasini barpo etdi.
Turkiya prezidenti ushbu majmua nafaqat jabrlangan oilalar uchun yangi uy, balki o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi abadiy do‘stlikning yorqin namunasi ekanini ta’kidladi.

Davlat rahbarlari yangi xonadonlar kalitlarini ularning egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Shuningdek, prezidentlar Istanbulning Bekirkyoy tumanida o‘zbek maktabi qurilishini boshlab berdi. Mazkur dargoh O‘zbekistonning xorijdagi birinchi ta’lim muassasasi bo‘ladi.
Yangi o‘quv maskani Turkiyada yashovchi o‘zbek oilalarining farzandlariga o‘z ona tilida ta’lim olishi bilan birga milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni saqlab qolish imkonini beradi.
Tomonlar ushbu maktab ikki qardosh xalq o‘rtasidagi rishtalar yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishi, yosh avlod uchun muhim ta’lim va tarbiya markaziga aylanishiga ishonch bildirdi.


Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
110917
Jamiyat
94485
Jamiyat
90409
Jamiyat
74390
Jamiyat
//
Izoh yo‘q