Shavkat Mirziyoyev Anqaraga yetib bordi

Saqlash
18:16 / 29.01.2026 31 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga keldi.

 

“Esenbogʻa” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻon va rafiqasi kutib oldi.

 

 

Aeroportda ikki davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

 

Davlat rahbarlari va birinchi xonimlar qisqa uchrashuv oʻtkazdi.

 

Suhbatda Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Bugun Oqsaroy qarorgohida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

 

 

Muzokaralarda siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika, madaniyat, gumanitar soha va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bilan bogʻliq masalalar atroflicha koʻrib chiqiladi.

 

Anqara shahridagi tadbirlar doirasida Xatay viloyatining Arsuz tumanida “Oʻzbekiston” turar joy majmuasining ochilishi va Istanbulda oʻzbek maktabining qurilishini boshlashga bagʻishlangan marosim ham boʻlib oʻtadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//