Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ravshan Mamajanovich Mamatovni Prezident administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bir kun oldin, jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha yigʻilishda prezident agentlik faoliyatini tanqid qilib, ular amalda tahlil va xalqaro hamkorlik bilan cheklanganini aytgandi.
U Ravshan Mamatovni agar uning faoliyatida oʻzgarishlar boʻlmasa, ushbu lavozimga loyiqligi qayta koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirgandi.
Shavkat Mirziyoyev agentlikning masʼuliyati kuchaytirilishini va unga tegishli idoralar ishini muvofiqlashtirish, ularning faoliyatini monitoring qilish va baholash vakolati berilishini maʼlum qildi.
“Agentlik barcha kuch va vositalarga ega boʻladi”, – deb xabar bergandi prezident matbuot xizmati.
Yigʻilishda oʻtgan yili Oʻzbekistonda 64 kishi narkotik taʼsirida jinoyat sodir etgani, har uch holatdan bittasi Toshkentda sodir boʻlgani aytildi.
Soʻnggi besh yil ichida poytaxtda musodara qilingan sintetik giyohvand moddalar hajmi 11 baravar oshgan. Ushbu narkotiklarning 95 foizi onlayn tarzda tarqatiladi, toʻlovlar kriptovalyutada amalga oshiriladi. Mamlakat ichida narkolaboratoriyalar ochila boshlagan.
Shavkat Mirziyoyev narkojinoyatchilik va uyushgan guruhlarga qarshi kurash boʻyicha narkokanallarning oxirgi manbasi va homiylarigacha yetib borish uchun masʼullarda qatʼiyat yoʻqligini tanqid qildi.
Uning taʼkidlashicha, soʻnggi uch oy ichida mamlakatda giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi 50 ga yaqin yirik guruh aʼzolari hibsga olingan va yarim tonna narkotik musodara qilingan.
Dekabr oyida giyohvandlikka chalingan bemorlar soni soʻnggi besh yil ichida 53 foizga oshgani xabar qilingandi. Sintetik narkotik isteʼmol qilishi ortidan dispanser roʻyxatiga olinganlar toʻrt barobarga ortgan.
2025-yil noyabr oyida Ravshan Mamatov Oʻzbekistonda giyohvand moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar soni besh yil ichida ikki baravar koʻpayganini xabar qilgandi. Uning taʼkidlashicha, yoshlar orasida “dorixona narkomaniyasi” keng tarqalgan.
Madaniyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
110900
Jamiyat
94482
Jamiyat
90405
Jamiyat
74366
Jamiyat
//
Izoh yo‘q