Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʼonning taklifiga binoan 29-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Davlat rahbarining matbuot xizmatiga koʻra, tashrif davomida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.
“Muzokaralarda Oʻzbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari diqqat markazida boʻladi”, deyiladi xabarda.
Tomonlar siyosiy muloqotni rivojlantirish, mahsulot ayirboshlashni oshirish, ustuvor iqtisodiy tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratadi.
Shuningdek, faol madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish masalalari ham koʻrib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari qator qoʻshma tadbirlarda ishtirok etadi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
111866
Jamiyat
94682
Jamiyat
90678
Jamiyat
75361
Jamiyat
//
Izoh yo‘q