Siyosat
Davlat rahbari huquq-tartibot tizimida ham yangi tarixni boshlab beradigan qarorlar qabul qilish vaqti kelganini ta’kidladi.
Hozirda ichki ishlar tizimidagi patrul-post, yo‘l-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qo‘riqlash xizmatlari alohida-alohida ishlamoqda.
Shuning uchun ham chorrahada turgan yo‘l-patrul xodimi janjallashayotgan ikki odamni ajratishni o‘z xizmat vazifasi deb hisoblamaydi. Qo‘riqlash xizmati xodimining esa binodan tashqarida taqiqlash belgisi ostida qoldirib ketilgan mashina bilan ishi yo‘q. Patrul-post mashinasida xizmat o‘tayotgan xodim svetofor ishlamayotgan chorrahadan oddiy haydovchilar qatorida befarq o‘tib ketadi.
“Ilg‘or tajribada bu tuzilmalar yagona organizm sifatida ishlaydi, politsiya “Bu mening vazifamga kiradi, bunisi kirmaydi” degan gapni aytmaydi. Har bir holatga “labbay” deb javob bergani uchun ham aholi ularni himoyachisi deb biladi”, – dedi Prezident.
Mutasaddilarga ichki ishlar organlarining aholi bilan bevosita ishlovchi, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarini yangi tizimga o‘tkazish bo‘yicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.
Ushbu bo‘linmalar uchun xizmatni o‘tash, muomala madaniyati, tezkor harakatlanish, kuch va qurol ishlatish bo‘yicha yagona standartlar joriy etilib, ular servis tuzilmaga aylanishi belgilandi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
110861
Jamiyat
94471
Jamiyat
90394
Jamiyat
74332
Jamiyat
//
Izoh yo‘q