Siyosat
Shavkat Mirziyoyev jahondagi geosiyosiy o‘zgarishlar va global iqtisodiy jarayonlar fonida O‘zbekiston tashqi siyosatini zamon talablariga mos ravishda yangilash zarurligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, so‘nggi yillarda olib borilgan ochiq, pragmatik va muvozanatli tashqi siyosat natijasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi sezilarli darajada oshdi. Shu bilan birga, global xavfsizlik arxitekturasidagi o‘zgarishlar, yangi iqtisodiy ittifoqlar, savdo yo‘nalishlari, texnologiyalar hamda energiya bozorlaridagi transformatsiyalar tashqi siyosatdan yanada faol, aniq maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni talab etayotgani ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Tashqi siyosat faoliyati konsepsiyasini yangilash, uning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish hamda milliy manfaatlarni xalqaro maydonda yanada samarali himoya qilishga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab olish zarurligi qayd etildi. Prezidentga ko‘ra, yangi konsepsiya mamlakatning uzoq muddatli strategik maqsadlari, ichki islohotlar mantig‘i va tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlarni yagona va uzviy tizim sifatida aks ettirishi lozim.
Xususan, hujjatda iqtisodiy diplomatiya, xavfsizlik, investitsiya va eksportni rivojlantirish, transport-logistika yo‘nalishlari, suv va iqlim masalalaridagi milliy manfaatlar o‘zaro bog‘liq holda belgilanishi kerakligi ta’kidlandi. Davlat rahbari tashqi siyosatning amaliy natijalarga xizmat qilishi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga bevosita hissa qo‘shishi muhimligini alohida urg‘uladi.
Ishlarni samarali tashkil etish maqsadida elchixonalarning har biriga yiliga qo‘shimcha 100–200 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilandi. Shuningdek, diplomatlar mehnatini munosib e’tirof etish uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan diplomat” faxriy unvonini ta’sis etish taklif etildi. Bu tashabbuslar tashqi siyosatni yangi bosqichga olib chiqish va diplomatik faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgani qayd etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
110637
Jamiyat
94420
Jamiyat
90309
Jamiyat
74095
Jamiyat
//
Izoh yo‘q