Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida jinoiy to‘dalar faoliyatiga nisbatan qat’iy va ochiq munosabat bildirdi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda o‘zini qonundan ustun qo‘yayotgan, tadbirkorlarga bosim o‘tkazib, ularning biznesini egallab olishga urinayotgan, iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazayotgan, murakkab moliyaviy jinoyatlar sodir etayotgan hamda o‘zini “qozi” deb hisoblab, odamlar o‘rtasidagi oldi-berdi masalalariga noqonuniy aralashayotgan ayrim jinoiy to‘dalar kuzatilmoqda.
Achinarlisi, “oson pul topish” ilinjida bilagida kuchi bor ayrim sportchilar ham bunday jinoiy guruhlar domiga tushib qolayotgani qayd etildi. Eng tashvishli jihati esa, O‘zbekiston fuqarolaridan iborat ayrim jinoiy guruhlarning chet davlatlarda ham faoliyat yuritayotgani mamlakatimizning xalqaro imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganidir.
Prezident qat’iy ta’kidladi: “Hamma eshitib olsin: bunday jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz!”
Shuningdek, davlat rahbari O‘zbekistonda fuqarolar, tadbirkorlar va investorlarni har qanday sharoitda himoya qiladigan mustahkam davlat tizimi, Konstitutsiya va qonunlar mavjud ekanini alohida urg‘uladi.
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110669
Jamiyat
94426
Jamiyat
90331
Jamiyat
74134
Jamiyat
//
Izoh yo‘q