Jamiyat
Majburiy ijro byurosi ayrim fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlar orqali, go‘yoki byuro nomidan ijro hujjati yoki qarzdorlik haqida yuborilayotgan xabarlar soxta ekanini ma’lum qildi. Bunday xabarlarda fuqaroning ism-sharifi va hattoki pasport raqamlari keltirilayotgani ham odamlarni ishontirishga qaratilgan firibgarlik usuli ekani qayd etildi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu xabarlar va ularga ilova qilinayotgan apk turidagi ilovalar firibgarlar tomonidan qurilgan tuzoq bo‘lib, ularni yuklab olish natijasida plastik kartochka ma’lumotlari va pul mablag‘lari o‘g‘irlanishi mumkin.
MIB haqiqiy ijro hujjatlari va qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar fuqarolarga faqat mobil SMS xabar hamda maxsus MIB info nomer orqali yuborilishini eslatdi.
Shuningdek, ijro ishi yoki qarzdorlik haqida ishonchli ma’lumot olish uchun fuqarolarga Byuroning rasmiy www.mib.uz veb-sayti va Google PlayMarket hamda AppStore’dagi rasmiy mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etildi.
Tashkilot fuqarolarni shaxsiy ma’lumotlarini begona shaxslardan ehtiyot qilishga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har qanday shubhali havola va xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112404
Jamiyat
95062
Jamiyat
91274
Jamiyat
75975
Jamiyat
//
Izoh yo‘q