Jamiyat
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinikalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat koʻrsatish yoʻnalishi yaqin boʻlgan 4 ta dispanser hamda 8 ta oilaviy poliklinika binosida ish boshlagan mazkur muassasalar aholiga har kuni 24 soat davomida xizmat koʻrsatadi.
Shuningdek, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, ekspress-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan taʼminlangan.
Murojaat qilgan bemorlar ogʻirlik darajasiga koʻra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar boʻlgan "COVID-box«lar beriladi. Bemorning ahvoli ogʻir boʻlsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.
“Bundan tashqari, koronavirus kasalligiga qarshi emlash ishlarini samarali olib borish maqsadida poytaxtimizdagi 12 ta koʻp tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, vazir Bexzod Musayev 13-yanvar kuni tunda Toshkentdagi tez yordam xizmati faoliyatini oʻrganib, kamchiliklar boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q