2021-yil Oʻzbekistonda eng qimmat sotilgan avtoraqamning narxi maʼlum qilindi

Saqlash
15:56 / 15.01.2022 1061 0

2021-yil yakunlariga koʻra Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz saytida 298,8 mlrd soʻmlik 139 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Bu haqida tashkilot axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 40% ga, hajmi boʻyicha – 21% ga oʻsgan. Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,1 mln soʻmni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91% jismoniy shaxslar, 9% - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.

 

Oʻtgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʻmni tashkil qildi.

 

Hududlar kesimida eng koʻp avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48%) Samarqand va Fargʻona (8% dan), Namangan va Andijon (6% dan), hamda Buxoro (5%) viloyatlarida xarid qilingan.

 

Eslatib oʻtamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablagʻlarning 80 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//