Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi 15–16-yanvar kunlari Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgaboʻyi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 15–16-yanvarda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
18-yanvarda Surxondaryo, Fargʻona, Namangan, Andijon viloyatlarida ham shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
15–18-yanvarda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q