
Jamiyat
“Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berildi.
Universitetda Transformatsiya ofisi tashkil etiladi.
Transformatsiya ofisi Universitetni 2026-yilgacha xalqaro reytingda birinchi 1000 talik roʻyxatga kiritishga masʼul hisoblanadi.
Qaror bilan Universitetni 2022–2025-yillarda rivojlantirish dasturi va maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
Dastur doirasida yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish asosida “Startap” markazi tashkil qilinadi.
Shuningdek, Universitetda quyidagilar tashkil etiladi:
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;
Muhandislik fizikasi instituti;
Universitetning Urgut filiali.
Mazkur institutlarda va Urgut filialida taʼlim kredit-modul tizimi asosida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi.
Avvalroq, Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilgani haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q