Siyosat
Bugun, 25-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kodi 850980) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi. Energetika vazirligi bir hafta muddatda Toshkent shahri va unga tutash boʻlgan hududlardagi barcha issiqxona obyektlariga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilishini tashkil etadi va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berilishini taʼminlaydi.
Bundan tashqari, quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan:
— Toshkentda qurilish maydonlari nazorati kuchaytiriladi. Bir hafta ichida 500 m² va undan katta maydonlarda kompleks tekshiruvlar oʻtkazilib, maydonlarning kamida 25 foizi koʻkalamzorlashtirilgani, suv purkagichlar oʻrnatilgani, kirish-chiqish yoʻllarida avtotransport gilderaklari yuviladigan havzalar mavjudligi va materiallar brezent yoki PVX qoplama bilan yopilgan holda tashilayotgani tekshiriladi. Chang va qumning havoga koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik talablari qatʼiy nazoratga olinadi.
— Katta qurilish maydonlarida monitoring stansiyalari majburiy boʻladi. Maydoni 1 000 m²dan ortiq obyektlarda monitoring uskunalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasi tizimiga ulash qurilishni davom ettirishning asosiy sharti etib belgilandi. Shuningdek, yoʻl boʻylarida daraxt va butalarni muntazam yuvish, koʻp kvartirali uylarda sugʻorish uchun rezervuarlar oʻrnatish choralari koʻriladi.
— Poytaxtda mikroiqlim barqarorligini taʼminlash boʻyicha yirik loyihalar boshlanadi. Uch oy muddatda shaharning toʻrt yoʻnalishi boʻylab kamida uchtadan sunʼiy koʻl va suv havzasi barpo etiladi. Shu bilan birga, ikki hafta ichida Toshkentdagi favvoralar sonini kamida ikki baravarga koʻpaytirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.
— Issiqxonalar boʻyicha nazorat keskin kuchaytiriladi. Bir haftada issiqxonalarni tabiiy gaz bilan taʼminlash boʻyicha shartnomalar tuziladi. Shuningdek, 200 m²dan ortiq issiqxonalarda chang tarqatish va ekologik talablarni buzish bilan bogʻliq qonunbuzilishlar uchun jarimalar oshiriladi, yoqilgʻi yoqilishi holatlarida esa obyektlarni davlat foydasiga musodara qilishni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlik tartibi joriy etiladi.
— 2025-yil oxirigacha atmosfera nazorati toʻliq modernizatsiya qilinadi. 347 ta avtomatlashtirilgan stansiya xarid qilinib, “Air Monitoring Tashkent” tizimi Ekologiya qoʻmitasi boshqaruviga oʻtkaziladi va umummilliy “Air Monitoring Uzbekistan” platformasiga integratsiya qilinadi. Gidrometeorologiya xizmati stansiyalari va “Zamin” fondi oʻrnatgan postlar ham yagona monitoring tizimiga ulanadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109792
Jamiyat
94166
Jamiyat
89971
Jamiyat
73173
Jamiyat
//
Izoh yo‘q