Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Samarqand davlat universitetida Transformatsiya ofisi tashkil etiladi.
Transformatsiya ofisi uchun quyidagilar masʼul etib belgilangan:
– Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2026-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatga kiritish;
– Universitet faoliyatini raqamlashtirish hamda taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
– Universitetni tanitish boʻyicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻi va boshqa vositalar orqali targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.
Transformatsiya ofisi rahbari lavozimi boʻyicha Universitet prorektoriga tenglashtiriladi.
Shuningdek, Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112208
Jamiyat
94885
Jamiyat
90974
Jamiyat
75753
Jamiyat
//
Izoh yo‘q