Jamiyat
Oʻzbekistonga keluvchilarga «omikron» shtami tarqalishining oldini olish uchun qator cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15-yanvardan boshlab Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar (avtomobil harakati bundan mustasno) kirishidan kamida 48 soat oldin PZR test natijasini taqdim etishi, shuningdek, koronavirus infeksiyasi mavjudligini aniqlash uchun ekspress antigen testini topshirishi shart.
Shu bilan birga, Qirgʻiziston hududidan chegara avtomobil oʻtkazish punktlari orqali kirib kelayotganlar uchun ham ushbu tartib amal qiladi. Qolaversa, oʻzbekistonliklar, Qirgʻiziston va Tojikiston fuqarolari Soʻx, Shohimardon, Choʻngʻara, Toshtepa, Bunyodkor, Jomiy va Qardoshlik aholi punktlari hududiga kirish va chiqish hamda tranzit orqali oʻtishida koronavirus infeksiyasi uchun barcha turdagi testlarni topshirishi talab qilinmaydi.
Taʼkidlanishicha, 15-yanvardan Oʻzbekistonning Qozogʻiston bilan chegarasini ikki davlat fuqarolarining kesib oʻtishi vaqtincha toʻxtatiladi. Quyidagi toifadagi shaxslar bundan mustasno:
havo yoʻllari orqali kiruvchi barcha toifadagi fuqarolar;
vataniga qaytgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari (keyingi oʻrinlarda tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);
hukumatlararo kuryerlik aloqasi xodimlari;
xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi haydovchilar;
rasmiy (hukumat) delegatsiyalari tarkibida boʻlgan shaxslar;
diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek, ularning oila aʼzolari;
Qozogʻiston hududida joylashgan Oʻzbekiston obyektlari, shuningdek, Oʻzbekiston hududida joylashgan Qozogʻiston obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar;
ushbu davlatlarda investitsiya loyihasi doirasida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston, shuningdek, Qozogʻiston fuqarolari;
Oʻzbekistonda doimiy yashovchi Qozogʻiston fuqarolari, shuningdek, Qozogʻistonda doimiy yashovchi Oʻzbekiston fuqarolari;
oʻqish maqsadida boʻlgan tomonlarning fuqarolari;
ogʻir kasal boʻlgan yaqin qarindoshlarini koʻrish yoki yaqin qarindoshlarining dafn marosimida qatnashish maqsadida tibbiy maqsadda kiruvchi (ketayotgan) tomonlarning fuqarolari;
vafot etgan Oʻzbekiston fuqarolarining jasadini Qozogʻiston hududida va Qozogʻiston fuqarolarining Oʻzbekiston hududida hamrohlik qilayotgan tomonlar fuqarolari.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q