Sport
Kuni kecha O‘zbekiston U17 terma jamoasining Qatarda o‘tkazilayotgan jahon chempionatidagi Italiyaga qarshi o‘yini 2:3 hisobda yakunlandi. Shundan so‘ng murabbiy o‘z muxlislariga murojaat qildi.
“Hurmatli muxlislar, futbol ixlosmandlari, ota-onalar, murabbiylar va O‘zbekiston futboli uchun kuyib-yonadigan aziz yurtdoshlar!
Bugun biz Jahon chempionatidagi ishtirokimizni yakunladik. Shu bilan birga, 3 yil davomida yuragim bilan xizmat qilgan U17 terma jamoamizning ham faoliyati nihoyasiga yetdi. Bu yo‘l men uchun shunchaki ish emas edi — bu sharaf, mas’uliyat va Alloh bergan sinov bo‘ldi.
Uch yil davomida biz bu jamoa bilan mashaqqatli mashg‘ulotlar, quvonchli g‘alabalar, og‘ir mag‘lubiyatlar bilan yonma-yon bordik. Yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham birga edik. Osiyo chempionligi — bu avlodning matonati va mehnati.
2025-yilda Osiyo chempioni bo‘lish — bu bolalarimizning jasorati, mehnati va intilishi. Bu natija O‘zbekiston futboli tarixiga oltin harflar bilan yozilib bo‘ldi”, deb yozadi murabbiy o‘z sahifasida.
Murabbiy shu bilan birga, jamoa bilan xayrlashayotganini ham e’lon qildi: “Menga ishongan, men bilan birga yonib kuygan, har bir mashg‘ulotda va har bir musobaqada yonimda yurgan yordamchi murabbiylarimga, shifokorlarga, analiz bo‘limiga, butun shtabga alohida minnatdorchilik bildiraman. Sizlar bo‘lmaganda bu yo‘l bu darajada kuchli bo‘lmas edi.
Uch yil davomida men bilan ishlagan barcha futbolchilarimga aytadigan gapim bitta: Sizlar mening faxrim bo‘lib qoldingizlar.
Maydonda yutdingiz ham, yutqazdingiz ham — lekin hech qachon taslim bo‘lmadingiz.
Men sizlarga ishonaman. Sizlar hali katta futbolni zabt etasizlar. Sizlar O‘zbekiston futbolining ertangi kuni, ertangi yulduzlarisiz.
Bu yakun — bir eshikning yopilishi emas. Bu yangi bosqichning boshlanishi. Bugun mening yo‘lim bu jamoa bilan tugadi. Rahmat, O‘zbekiston! Rahmat, mening ukalarim! Rahmat, barcha qo‘llab-quvvatlagan yurtdoshlar!” deb yakunladi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha bosh murabbiy Islombek Ismoilov O‘zbekiston U17 terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo‘ldi. Jahon chempionatida esa top-16 jamoa qatoriga kirishga erishdi.
Siyosat
Sport
Sport
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
109766
Jamiyat
94139
Jamiyat
89939
Jamiyat
73137
Jamiyat
//
Izoh yo‘q