“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi yaqinida yonib ketgan harbiy texnika boʻyicha izoh berildi

Saqlash
14:35 / 14.01.2022 931 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi yaqiniga olib kelingan harbiy texnikalardan biri yonib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi mazkur holatga izoh berib, yongʻin nima sababdan kelib chiqqanini maʼlum qildi.

 

Taʼkidlanishicha, 13-yanvar kuni soat 22:20 larda “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi maydoniga 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar koʻrgazmasiga olib chiqilgan Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasining salon qismida qisqa tutashuv natijasida yongʻin kelib chiqqan.

 

Yongʻin qisqa vaqtda toʻliq bartaraf etilgan. Sodir boʻlgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr yetkazilmagan. Hozirda yongʻin kelib chiqish sababi oʻrganilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//