Siyosat
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, usta kulol Xudoyberdi Xaqberdiyev 76 yoshda vafot etdi. U O‘zbekiston xalq rassomi Umar Juraqulovning shogirdi edi.
1968-yildan boshlab yosh Xudoyberdi Xaqberdiyev mustaqil ravishda ish boshlab, turli viloyat, respublika va xorijiy ko‘rgazmalarda qatnashib kelgan.
1970-yildan Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Daniya, Vengriya, Polshada O‘zbekiston madaniyati va san’ati kunlari doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda, shuningdek, Yaponiyada Expo-70 ko‘rgazmasida ishtirok etgan.
Usta kulolning mamlakatimiz amaliy san’atini, ayniqsa, Samarqand kulolchilik maktabini rivojlantirishdagi xizmatlari katta.
Ko‘p yillar davomida Samarqandda ko‘plab kulolchilik ustalarini yetishtirdi, 1997-2007-yillarda Xalq ta’limi boshqarmasi iqtidorli bolalar viloyat saroyida kulolchilik bo‘yicha ustoz-murabbiy bo‘lib ishladi. 2003-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining kumush medali bilan taqdirlangan edi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109789
Jamiyat
94162
Jamiyat
89969
Jamiyat
73170
Jamiyat
//
Izoh yo‘q