Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida BMTning Taʻlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (UNESCO) Bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan BMTning ushbu nufuzli instituti oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Suhbat avvalida Odri Azule davlatimiz rahbarini tarixiy voqea – tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi soʻnggi 40-yilda ilk bor UNESCOning Parij shahridagi bosh qarorgohi tashqarisida oʻtkazilayotgani bilan samimiy tabrikladi.
.jpg)
Oʻzbekistonning konferensiyani yuksak saviyada tashkil etish, shuningdek, uni amaliy ahamiyatga ega tadbirlar bilan boyitish borasidagi keng koʻlamli ishlariga ijobiy baho berildi.
Xususan, UNESCOning Maktabgacha taʻlim boʻyicha mintaqaviy markazi ishga tushiriladi, Beruniy mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi, Samarqand shahrining 3000-yilligi munosabati bilan maxsus tadbir, shuningdek, muzeylar, sunʻiy intellekt, gender mavzulari boʻyicha forumlar va boshqa koʻplab tadbirlar oʻtkaziladi.
Keyingi yillarda Oʻzbekiston va UNESCO oʻrtasidagi hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Birgalikda bolalar taʻlimi boʻyicha butunjahon konferensiyasi oʻtkazildi, Parijda Beruniyning 1050-yilligi nishonlandi, buyuk alloma sharafiga xalqaro mukofot taʻsis etildi.
Oʻzbekistonning tashabbusi bilan UNESCOning uchta muhim rezolyutsiyasi qabul qilindi. Tashkilotning maxsus roʻyxatlariga Oʻzbekistonning bir qator yangi obyektlari va madaniy qadriyatlari kiritildi.
UNESCO bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, ustuvor yoʻnalishlarda yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Prezidenti fan, taʻlim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari hamda xalqimizning boy madaniy merosini keng ommalashtirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun Odri Azule xonimga davlatimizning yuksak mukofoti – “Doʻstlik” ordenini topshirdi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109660
Jamiyat
94043
Jamiyat
89822
Jamiyat
72979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q