Yaponiya va Dominikanning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Saqlash
09:56 / 29.10.2025 27 0

Yaponiya va Dominikan davlatlarining O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram sahifasida ma’lumot berdi. Vazir Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kenji Hirataning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

 

Elchiga mamlakatdagi diplomatik faoliyatida katta muvaffaqiyat tilandi. Kenji Hirata turli yillarda Yaponiyaning Peru va Meksikadagi elchixonalarida ishlagan, Yaponiyaning Mayamidagi bosh konsulligi bosh konsuli bo‘lgan.

 

Uning xorijdagi lavozimlari BMT va Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakolatxonalarda, shuningdek, BAA va Ispaniyadagi elchixonalardagi tayinlovlarni o‘z ichiga oladi. U yapon tilidan tashqari ispan va ingliz tillarini yaxshi biladi.

 

Hirata Tokiodagi Hitotsubashi universitetida huquqshunoslik bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.

 

кенжи ҳирата, yaponия

 

Dominikan Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi etib Alexandro Arias Sarsuela tayinlandi. Elchi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram kanalida xabar qildi.

 

“Biz uzoq masofaga qaramay, mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildik”, — deydi Saidov.

 

Vazir ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidlab, elchiga O‘zbekistondagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

 

Ma’lumot uchun, Alexandro Arias Sarsuela bir vaqtning o‘zida Dominikanning Rossiya va Qozog‘istondagi elchisi hisoblanadi. Qarorgohi Moskva shahrida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//