Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyevning boshlangan ish haftasi har doimgidek muhim voqealarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
Sherzod Asadovning yozishicha, bugun davlat rahbari joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi.
Kunning ikkinchi yarmida esa AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tarixiy tadbir – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini qabul qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parij shahridan tashqarida o‘tkazilayotgan anjumanning ochilishida ishtirok etadi. Shuningdek, madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, joriy haftada O‘zbekistonga Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb tashrif bilan keladi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q