
Ilm-fan
Xabaringiz bor, Oyina.uz portalida buyuk allomalar va ma’rifatparvar jadidlar hayoti hamda faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning asarlarini keng targ‘ib qilish maqsadida “Buyuk allomalar” viktorinasi o‘tkazildi.
Jami 400 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashgan viktorinada g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi. Viktorinada 1-o‘rinni Nigora Asqaraliyeva, 2-o‘rinni Azizxon Adhamov, 3-o‘rinni Olimjonova Hilola, 4-o‘rinni Sarvar Qosimov, 5-o‘rinni Akbar Hayitov qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlandi:
1-o‘rin – televizor;
2-o‘rin – mikroto‘lqinli pech;
3-o‘rin – aqlli kolonka;
4-5-o‘rin – aqlli soat.
Ma’lumot uchun: Oyina.uz portalida muntazam viktorinalar o‘tkazib boriladi. “Buyuk allomalar” viktorinasining navbatdagisi dekabrda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Oyina.uz portalini kuzatib boring, tanlov va viktorinalarimizda ishtirok etib, qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting.
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q