Ilm-fan
Nobel qoʻmitasi mazkur nomli mukofotning Iqtisodiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilgi laureati sifatida AQSh, Kanada va Fransiyalik olimlar ismini eʼlon qildi.
Djoel Mokir, Filipp Agyon va Piter Xovitt “Innovatsiyaga asoslangan iqtisodiy oʻsishni tushuntirgani uchun” mukofotga loyiq topilgan. Qoʻmita axborotida mukofotning yarmi (1/2) Mokirga “Texnologik taraqqiyot vositasida barqaror oʻsishning asosiy shartlarini aniqlagan”i uchun, qolgan yarimi esa Agyon va Xvittga (har biriga 1/4 qismdan) “Ijodiy buzish orqali barqaror oʻsish nazariyasi”ni ishlab chiqqani uchun berilgani alohida taʼkidlanadi.
Laureatlar haqida
Djoel Mokir Xolokostdan omon qolgan gollandiyalik yahudiylar oilasida dunyoga kelgan. Isroilning Xayfa shahrida onasi qoʻlida tarbiya topgan Mokir tarix va iqtisodiyot boʻyicha bakalavr darajasini Quddusdagi yahudiy universitetida, magistr va doktorlik darajalarini boʻlsa Yel universiteti (ingl. Yale University)da qoʻlga kiritadi. 1974-yildan boshlab AQShdagi Shimoli-gʻarbiy universitetda dars beradi, shuningdek, Tel-Aviv iqtisodiyot maktabining professori ham sanaladi.
Filipp Agyon Parijda tugʻilib, Sorbonna davlat universitetida magistr va doktorlik darajalarini olgan. Keyinchalik Garavard universitetida iqtisodiyot boʻyicha doktorlik darajasini himoya qilgan. U hozirda de Frans kolledjida, biznes matabda va INSEAD tadqiqot institutida, shuningdek, Londondagi Iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabida faoliyat yuritadi.
Torontolik (Kanada) Piter Xovitt bakalavr darajasini Makgilla, magistrlikni boʻlsa Gʻarbiy Ontario universitetlarida qoʻlga kiritgan. Doktorlik darajasi boʻlsa AQShdagi Shimoli-gʻarbiy universitetda berilgan. Ayni damda Rod Aylend shtatidagi Braun universitetida ishlaydi.
Maʼlumot uchun, Nobel mukofotining 2024-yilgi mazkur yoʻnalish gʻoliblari AQShlik olimlar boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
109697
Jamiyat
94083
Jamiyat
89862
Jamiyat
73026
Jamiyat
//
Izoh yo‘q