 
                   
                    Ilm-fan
9-oktabr kuni CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “Chegarasiz gʻoyalar” shiori ostida VIII Innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligi “InnoWeek–2025” ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
.jpg)
.jpg)
Mamlakat hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, yirik ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizim ishtirokchilari, yosh innovatorlar va ixtirochilar qatnashgan ushbu tadbirda ishtirokchilar innovatsiyalar yoʻnalishidagi nafaqat mahalliy, balki xalqaro yangiliklar, ixtirolar, startaplar, ishlanma va loyihalar bilan ham tanishish imkoniyatiga ega boʻldi.
.jpg)
Innovatsion loyihalar aks etgan pavilyonlarda Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, BAA, Eron, Germaniya, Vengriya va Qozog‘iston kabi davlatlarning innovatsion kompaniyalari va texnologik markazlari o‘z ilg‘or mahsulot va texnologiyalarini taqdim etmoqda.
.jpg)
Innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligi doirasida ishtirokchilar uchun ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, xalqaro tajriba almashishimkoniyatini beruvchi 30 dan ortiq ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etilishi, xususan, 18 ta xalqaro darajadagi forum, konferensiya va seminarlar, shuningdek, 11 ta mahalliy mutaxassislar uchrashuvi va taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
.jpg)
Mazkur tadbirlar innovatsion ekotizim vakillari, olimlar, yosh tadqiqotchilar, startapchilar va sohaga qiziquvchilar uchun dolzarb mavzularni muhokama qilish, eng so‘nggi ilmiy yangiliklar bilan tanishish va xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
.jpg)
“InnoWeek–2025” nafaqat innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi, balki kelajak texnologiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi muloqot va bilim almashinuvi maydoniga aylandi.
.jpg)
Tadbirlar orasidan shuningdek, "Innovatsion g‘oyalar yetakchisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi ham joy oldi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94048
             94048
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q