O‘zbekistonda bir oyda 28 mingdan oshiq fuqaro farzand uchun suyunchi puli oldi

Saqlash
11:36 / 07.10.2025 51 0

Sentyabr oyida 28 mingdan ortiq fuqaro farzand tug‘ilganida beriladigan suyunchi pulini oldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, ushbu oyda 40 611 mingta fuqaro uchun 47,9 milliard so‘m bir martalik nafaqa to‘lovlari amalga oshirilgan. Shundan 25,6 milliard so‘mi 28 784 nafar fuqaroga farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi puli bo‘lsa, dafn etish uchun 11 827 nafar fuqaroga 22,3 milliard so‘m nafaqa to‘landi.

 

Bunda suyunchi nafaqasini bola tug‘ilgandan so‘ng 6 oy ichida uning otasi yoki onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qilib yoki mobil telefondan “Xazna” ilovasi orqali olish mumkin.

 

Dafn etish nafaqasi ham shu tartibda FHDYO bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma berilgan shaxsga to‘lanadi.

 

Agar murojaat qiluvchi shaxsning huquqi bo‘lmasa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa yoki fuqaroning o‘limi qayd qilinganidan so‘ng 60 kundan keyin murojaat qilinsa, nafaqa to‘lash rad etiladi.

 

Bugungi kunda suyunchi nafaqasi miqdori 893 513 ming so‘m, dafn etish nafaqasi esa 1 884 000 ming so‘mni tashkil etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//