 
                   
                    Ilm-fan
2025-yilgi Nobel mukofoti laureatlari bugun 6-oktyabrdan boshlab eʼlon qilina boshladi. Bu haqda Karolinska universiteti Nobel assambleyasining rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
Fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofoti Meri Brunkov, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga “Periferik immunologik tolerantlikdagi kashfiyoti uchun” taqdim etildi. Ular immun tizimi qanday boshqarilishini aniqlagan.
Organizmdagi immun tizimini boshqarish kerak. Aks holda, u tana aʼzolarimizga hujum qila boshlaydi, deyiladi mukofot egalarining kashfiyotiga oid assambleya press-relizida. Meri Brunkou, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchi Fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga Periferik immunologik tolerantlik borasidagi novatorlik (Immun tizimi tomonidan tana organlariga zarar yetishiga toʻsqinlik qilish) kashfiyoti uchun loyiq topildi. Laureatlar immun tizimi himoyachilari – regulyator T-limfotsitlarni aniqlagan.
“Ularning kashfiyoti immun tizimining qanday ishlashi va nima uchun hammada ham jiddiy autoimmun kasalliklari rivojlanmasligini tushunishimizda hal qiluvchi rol oʻynaydi”, deydi Nobel qoʻmitasi raisi Olle Kempe.
Mukofotning turli yoʻnalish boʻyicha sovrindorlari oyning 13-oktyabr sanasiga qadar aniqlanadi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94048
             94048
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q