
Sport
Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi”, deya xabar berdi UFA.
Ma’lum bo‘lishicha, murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:
▪️ Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);
▪️ Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);
▪️ Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoria” va “Spal” klublarida ishlagan).
Xabarlarga ko‘ra, Kannavaro bilan 2+3 ko‘rinishida shartnoma tuzilgan. Terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze esa Jahon chempionatida Kannavaroga yordamchi bo‘ladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q