Boks murabbiyi To‘lqin Qilichevga shogirdlari avtomobil sovg‘a qildi

Saqlash
10:28 / 29.09.2025 43 0

Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevga 150 ming dollarlik Mersedes avtomobilini sovg‘a qilishdi.

 

“Buyuk murabbiylar faqat sportchilarni emas, balki hayot chempionlarini ham tarbiyalaydi. Bu sovg‘a — cheksiz minnatdorchiligimizning kichik bir ifodasi”, deb yozdi Isroil Madrimov o‘z Instagram sahifasida.

 

“Ustoz bayramingiz bilan tabriklayman! Siz bundan yaxshisiga loyiqsiz.Yaxshi kunlaringizga xizmat qilsin”, deb yozdi Murodjon Ahmadaliyev.

 

Ma’lumot uchun, To‘lqin Qilichev 2022-yilning avgust oyida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

 

2023-yilda o‘tkazilgan jahon chempionati va 2024-yilda o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida To‘lqin Qilichev boshchiligidagi O‘zbekiston boks jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan.

 

2024-yilda esa Parijda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon rekordini o‘rnatishgan.

 

Shu yili Osiyo boks konfederatsiyasi To‘lqin Qilichevni Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//