Magistraturaga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha qabul ochiladi

Saqlash
15:52 / 28.09.2025 211 0

Endi magistraturaga kirolmagan uchun qo‘shimcha qabul imkoni mavjud boldi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlanib, oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati yaratildi.

 

Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi. Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.

 

Vazirlik shuningdek, davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilishini eslatib o‘tgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//