Miraziz Aʼzam “Tilda, fikrda, ishda birlik! Turk dunyosi adabiyoti mukofoti” bilan taqdirlandi

Saqlash
15:19 / 27.09.2025 140 0

Turkiyada Til bayramining 93 yilligi munosabati bilan 26-sentyabr kuni mamlakat poytaxti Anqara shahrida Turk tili jamiyati tomonidan “Tilda, fikrda, ishda birlik! Turk dunyosi adabiyoti mukofotlari” ijodkorlarga topshirildi. Sovrindorlar orasidan oʻzbekistonlik shoir Miraziz Aʼzam ham oʻrin olgan. Bu haqda Anadolu agentligi maʼlum qildi.

 

 

Turkiy davlatlar tashkiloti va Turk tillari jamiyati hamkorligida 2022-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan “Tilda, fikrda, ishda birlik! Turk dunyosi adabiyotlari mukofotlari” turkiy dunyoni adabiyot orqali yaqinlashtirishga hizmat qiladi.

 

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim, Otaturk nomidagi Madaniyat, til va tarix oliy muassasasi rahbari, elchi professor Derya Ors va Turk tili jamiyati prezidenti professor Usmon Mert mezbonligi, Turkiy Davlatlar Tashkiloti Oqsoqollar Kengashi Raisi Binali Yildirim ishtirokidagi taqdirlash marosimi Otaturk nomidagi Madaniyat, til va tarix oliy muassasasi Bilkent kampusida boʻlib oʻtdi.

 

Turkiya va xorijdagi tegishli muassasalardan taklif qilingan nomzodlar Turk tili jamiyatining tegishli a'zolari va mutaxassis olimlardan iborat tanlov komissiyasi tomonidan baholangan.

 

Mukofot uchun Ozarboyjondan Professor Zahid Halil, Qozogʻistonlik Saule Dosjan, Qirgʻizistondan Professor Suleyman Risbayev, Shimoliy Kipr turk respublikasidan Shirin Zaferyildizi Zaimogʻa oʻgʻli va Oʻzbekistondan Mirʼaziz Azam loyiq topilgan.

 

Taqdirlash marosimida Miraziz Aʼzamning qizi Orzu Aʼzam qatnashib, mukofotni qabul qilib oldi.

 

Turk tili jamiyati turk mutafakkiri Ismoil Gaspiralining “Tilda, fikrda, ishda birlik!” ideologiyasidan kelib chiqqan holda turk tilini himoya qilish, rivojlantirish va keng targʻib qilishga qaratilgan turk tili boʻyicha tadqiqotlarni davom ettirmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//