Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda oilaviy tadbirkorlikka to‘xtalib o‘tdi. Xususan, mamlakat rahbari oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushganini alohida e’tirof etdi.
— Islohotlarimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Endi, bu yangi tizimda odamlarimiz tadbirkorlik uchun kredit olaman deb hokimiyatga, bankka yoki boshqa idoraga borib yurmaydi, asbob-uskunalarni sotib olish uchun ta’minotchini qayerdan topaman deb, bosh qotirishga zarurat qolmaydi.
Kreditni rasmiylashtirishdan tortib, mahsulotni olish-sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar, elektron tarzda, onlayn hal etiladi.
O‘z navbatida, ushbu platforma ta’minotchi korxonalar uchun ham, kamida 10 trillion so‘mlik bozor yaratadi.
Ya’ni, ta’minotchilar uchun, o‘zlari ishlab chiqargan asbob-uskunalar, xom ashyo va tayyor mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyati yaratiladi.– Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q