Ilm-fan
AQShda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning ko‘pchiligi kichikroq qarzdan ko‘ra juda katta qarzga ega bo‘lishni unchalik stressli his qilmaydi.
Mazkur xulosa 1186 kishi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotdan kelib chiqqan.
Mutaxassislarning fikricha, qarz miqdori oshgani sari odamlar bosimni kuchli his qilishdan to‘xtaydi. G‘alati tarzda eshitilayotgan mazkur holat endilikda "qarz falajligi" sindromi deb nomlanadi.
So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklar orasida 75 ming dollar atrofidagi qarz eng yuqori darajadagi stressni keltirib chiqaradi.
Aksincha, qarz miqdori 500 ming dollarga chiqqanda tashvishlanish ancha pasayadi. Solishtirilganda, 500 ming dollar qarzi bor odam 3–5 ming dollar qarz olgan odamdan ko‘ra kamroq stressga tushadi.
Tadqiqotchilar buni shunday izohlaydi: odamlar kichikroq qarzni o‘z vaqtida to‘lash mumkin deb o‘ylaydi, shuning uchun unga jiddiyroq munosabatda bo‘ladi. Juda katta qarz esa “baribir qaytarib bo‘lmaydi” degan o‘y tufayli kamroq tashvish uyg‘otadi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110578
Jamiyat
94408
Jamiyat
90301
Jamiyat
74034
Jamiyat
//
Izoh yo‘q