Sport
“Navbahor” maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning “Ayaks” akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu haqda Namanganda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu xorijiy futbol akademiyasining 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.
“Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib katta bo‘ladi. “Navbahor”ning har bir o‘yini – shahar uchun katta bayram”, dedi davlat rahbari.
Prezident ushbu akademiyadan dunyoning top klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida mahoratini namoyon qila oladigan futbolchilar chiqishiga ishonch bildirgan.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q