
Sport
Angliyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 11 medal – 6 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza jamg‘ardi va umumiy hisobda 2-o‘rinni egalladi.
Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Qozog‘istonga nasib qildi – 7 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza (jami 10 ta).
3-o‘rinni esa Hindiston band qildi – 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza (jami 4 ta).
Ma’lumot uchun, 60 davlatdan 500 dan ortiq bokschilar qatnashgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi 18 nafar bokschi bilan qatnashgan.
Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lganlar:
🥇Oltin medal:
-60 kg. Abdumalik Xalokov;
-65 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev;
-80 kg. Javohir Ummataliyev;
-85 kg. Akmaljon Isroilov;
-90 kg. To‘rabek Xabibullayev.
🥈Kumush medal:
-65 kg. Navbahor Hamidova;
+90 kg. Jahongir Zokirov.
🥉Bronza medal:
-48 kg. Sabina Boboqulova;
-51 kg. Feruza Kazakova;
-70 kg. Aziza Zokirova.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q