Kelgusi yil banklarga qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi

Saqlash
16:54 / 20.08.2021 1230 0

⚡️Online

    Ayni paytda poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida aholidan kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi,  biznesni moliyalashtirish  va moliya-kredit masalalari bilan bog‘liq ekanini ta’kidlab o‘tdi. Jumladan, ushbu murojaátlarning asosiy qismida  kredit stavkalarining yuqoriligi,  va ko‘plab kreditlarning qisqa muddatga,  tadbirkor uchun noqulay shartlarda  berilayotgani qayd etilgan, – dedi Prezident.


    — Haqiqatdan ham, tan olib aytishimiz kerak,  tadbirkorlarga bugungi kunda berilayotgan  aksariyat kreditlarning muddati 3 yildan oshmaydi.
Shuningdek, banklar tomonidan  yillik 8-10 foizdan  xorijiy valyutada 18 mingga yaqin tadbirkorlarga berilgan kredit,  valyuta kursining muntazam o‘sishi hisobiga,  qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda  mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgani ham,  ushbu masalalar tadbirkorlikni rivojlantirish uchun,  og‘ir yuk bo‘lib turganini ko‘rsatmoqda. Shu bois,  tijorat banklarining  uzoq muddatli resurs bazasi  va kreditlarning maqbul foiz stavkalarini  shakllantirish bo‘yicha,  kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishimiz talab etiladi.

    Birinchidan,  banklarning kapitalini oshirish bo‘yicha,  qo‘shimcha imkoniyatlar ishga solinadi. Buning uchun,  kelgusi yilda banklarga  Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan  bozor tamoyillari asosida,  qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi – Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//