
Ilm-fan
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan taʼlim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalar boʻyicha videoselektor yigʻilishida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shuningdek, unda faoliyat yurituvchi tarbiyachilar haqida ham soʻz bordi.
“Qamrovni oshirish uchun barcha sharoit qilib beryapmiz, lekin bogʻchalarga yangi nafas, yangi metodika kirib borishi, tarbiyachilarning salohiyati ham shunga yarasha boʻlishi kerak”, – deydi Prezident.
Yoz mavsumida 118 ming tarbiyachining malakasi oshirildi, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi. Shu bois, yangi oʻquv yilidan pedagogika oliygohlarida oʻrta maxsus maʼlumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun oʻqish, 5 kun ish) bakalavr taʼlim shakli joriy qilinadi.
Bu orqali bogʻchalarga har yili qariyb 10 ming oliy maʼlumotli mutaxassis kirib keladi.
Yigʻilishda shuningdek, Xususiy bogʻcha bilan davlat bogʻchasi uchun taʼlim-tarbiya sifati boʻyicha yagona yondashuv yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda bogʻcha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik koʻmaklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bogʻchalari barpo qilinadi.
Mutasaddilarga “Yangi avlod” bogʻchasi loyihasini eski va bir xil yondashuvlardan chekinib, yangicha ishlab chiqish topshirildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q