
Ilm-fan
Oʻtgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yoʻlga qoʻyildi. Keyingi oʻquv yilidan yuqori sinflar uchun sunʼiy intellekt boʻyicha darslar kiritiladi, deb yozadi Sherzod Asadov Prezident boshchiligidagi yigʻilishda taʼkidlangan maʼlumotlar bilan boʻlisharkan.
Buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga zarur mablagʻlarni keyingi yil davlat byudjetida nazarda tutish topshirilgani maʼlum qilindi.
Iqtidorli oʻquvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik boʻyicha Mirzo Ulugʻbek, tabiiy fanlar yoʻnalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi.
Ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.
2026-yilda maktab oʻquvchilari oʻrtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi.
Bosh vazirga poytaxtimizda ushbu olimpiadalarni yuqori saviyada oʻtkazish uchun barcha tashkiliy masalalarni nazoratga olish topshirildi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q