Ilm-fan
Oʻzbekistonda tabiiy fanlar yoʻnalishida taʼlim sifatini oshirish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar boʻyicha tayanch maktab etib belgilanib, uning filiallari tashkil etiladi. Bu haqda UzA axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, filiallar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritadi. Filiallarga rahbar va pedagog kadrlarni ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Qabul jarayoni esa 7-sinfdan boshlanadi.
Oʻquvchilar uchun turar joy bilan taʼminlash va autsorsing asosida bepul sogʻlom ovqatlantirish tashkil etilishi belgilangan. Mazkur qaror tabiiy fanlarga ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlashni yanada rivojlantirish hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q