
Sport
Kecha, 8-sentyabr kuni Oʻzbekiston futbolchilari Eron milliy terma jamoasi bilan bellashib, mintaqaviy kubokni qoʻlga kiritdi. Turnirining final oʻyini boʻlib oʻtgan poytaxtdagi Olimpiya stadioniga “CAFA Nations Cup” Prezident Shavkat Mirziyoyev ham tashrif buyurib, oltin medallar va kubokni futbolchilarga Prezidentning oʻzi topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Final oʻyinidagi asosiy vaqtda gol urilmagach, qoʻshimcha taymlar belgilandi. Ular ham durang boʻlib, oʻyin penaltilar seriyasiga qarab ketayotgan vaqtda Oʻzbekiston gʻalaba golini kiritdi. 120-daqiqada qanotdan oshirilgan toʻpni Hojiakbar Alijonov boshi bilan raqib darvozasiga yoʻlladi. Shu tariqa Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2025-yilgi “CAFA Nations Cup” gʻolibi boʻldi.
Taqdirlash marosimida FIFA rahbari Janni Infantino va boshqa rasmiy shaxslar ham ishtirok etdi.
Ushbu kubok oʻyinlari jahon chempionatiga chiqqan futbolchilarimiz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini oʻtadi. Yana bir quvonarli tomoni, milliy terma jamoamizning Eronga qarshi 13-yillik gʻalabasiz seriyasiga yakun yasaldi. 2023-yilda oʻtkazilgan birinchi shunday musobaqada ham Oʻzbekiston finalda aynan Eronga 0:1 hisobida yutqazgan edi.
CAFA — Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasidir. CAFA kubogi har ikki yilda oʻtkaziladi. Bu yilgi musobaqada, shuningdek, Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Hindiston, Oʻmon terma jamoalari qatnashdi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqa yaqinda qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasida oʻtkazilgan ilk xalqaro turnir boʻldi va mamlakatimiz sportchilari uchun gʻalaba bilan boshlandi. Bunda ramziy maʼno va xayrli tilaklar namoyon boʻldi, deyiladi axborot matnida.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q