Sport
21-avgust kuni Oʻzbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini oshirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilingan edi. Unda mamlakatda davlat mulki obyekti boʻlgan futbol stadionlari va maydonlarining foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish va sotuvga chiqarish taqiqlanishi belgilangan.
Hujjat bilan Kadastr agentligining axborot tizimlariga davlat mulkidagi futbol stadion va maydonlarining foydalanish maqsadlari oʻzgartirilishi hamda sotuvga chiqarilishi taqiqlanishi haqida tegishli oʻzgarishlar kiritiladi.
Davlat mulkidagi futbol stadionlari va maydonlari joriy yil oxirigacha xatlovdan oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Xatlov natijalari boʻyicha tegishli maʼlumotlar 2026-yil iyuligacha “Milliy futbol elektron platformasi”ga kiritilishi zarur.
Egasi nomaʼlum stadion va futbol maydonlarining yer uchastkalari va bino-inshootlarini ham xatlovdan oʻtkazib, ularga boʻlgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish vazifasi topshirilgan.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q