
Siyosat
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumaniga Asilbek Ashurov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 22-avgust kuni Sharof Rashidov tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etdi.
Kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda viloyat hokimi Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga — Ashurov Asilbek Rahmonovich nomzodini deputatlarga tavsiya etdi. Viloyat hokimining Asilbek Ashurovni Sharof Rashidov tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Asilbek Ashurov 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q