Siyosat
Oʻzbekistonning Lixtenshteyn knyazligidagi birinchi elchisi (qarorgohi Berlin shahrida) etib tayinlangan Dilshod Axatov mamlakat valiahd shahzodasi Aloizga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Uchrashuvda Lixtenshteyn va Oʻzbekiston oʻrtasida 2024-yil mart oyida oʻrnatilgan diplomatik aloqalar hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirishga muhim poydevor boʻlgani, Vadutsning Toshkent bilan munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlash tarafdori ekani taʻkidlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi Lixtenshteyn bosh vaziri oʻrinbosari – tashqi ishlar, atrof-muhit va madaniyat vaziri Sabine Monauni bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida u Xalqaro valyuta fondidagi Shveysariya ovoz berish guruhi doirasidagi samarali hamkorlikni yuqori baholab, Lixtenshteynning 2024-yil oktabrida mazkur guruhga aʻzo boʻlishi ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Oʻzbekiston va Lixtenshteyn dunyodagi ikki mamlakat orqali dengizga chiquvchi yagona davlatlar hisoblanadi.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111654
Jamiyat
94646
Jamiyat
90635
Jamiyat
75155
Jamiyat
//
Izoh yo‘q