Siyosat
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 20-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevani qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, madaniy-gumanitar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Bishkekda ikki mamlakat yoshlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazish haqida so‘z bordi.
Muzokaralar yakunida Sadir Japarov Saida Mirziyoyevaga mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Chorshanba kuni Bishkekda Saida Mirziyoyeva va Qirg‘iziston birinchi xonimi Aygul Japarova ishtirokida “Dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirayotgan yetakchi ayol” forumi boshlandi.
Bugun kechqurun Qirg‘iziston poytaxtida “Zakovat” Osiyo kubogi finali bo‘lib o‘tadi.


Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
110121
Jamiyat
94329
Jamiyat
90201
Jamiyat
73555
Jamiyat
//
Izoh yo‘q