Respublika boʻylab “Mening mahallam” filmi premyerasi oʻtkazildi

Saqlash
13:36 / 27.07.2025 30 0

27-iyul kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Mening mahallam” filmining ochiq umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

 

Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida  “O‘zbekfilm” kinokontserni tomonidan suratga olingan mazkur filmda do‘stlik, mehr-oqibat, jasorat, fidoyilik, vatanparvarlik kabi yuksak insoniy qadriyatlar tasvirlangan.

 

Film taqdimoti bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida va respublikaning barcha viloyatlarida 10 mingdan ortiq tomoshabinlarga taqdim etildi.

 

 

Tadbirda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi Quronboyev Qahramon Qo‘chqorovich, Kinematografiya agentligi direktori Rizayev Shuhrat Tursunovich va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Xasanov Otabek Abdurashidovich film premyerasi munosabati bilan so‘zga chiqib, filmning mazmun-mohiyatini yuksak baholadi.

 

 

Shuningdek, Kinematografiya agentligi tomonidan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga filmning maxsus nusxasi esdalik sovg‘a sifatida taqdim etildi.

 

Premyera doirasida mahalla institutini keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarni san’at orqali yoritish borasidagi xizmatlari uchun bir guruh ijodkorlar “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi:

 

 

- Kinematografiya agentligi direktori — Rizayev Shuhratulla Tursunovich

- O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti — Karimova Diloram Malikovna

 - Film rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist — Mignarov Abduxalil Abdullayevich

- Filmda mahalla raisi obrazini yaratgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist — Abdullayev Farhod Badalovich

- Xonanda, aktyor — Sobirov Anvar Karimovich

 

Tadbirda shuningdek film suratga olinishi va tashkil etilishida faol ishtirok etgan quyidagi ijodkorlarga esdalik sovg‘alar topshirildi:

 

Rаjаbov Sayfullо Hamdillayevich – Kinematografiya agentligi direktorining maslahatchisi

Muhamedov Bahodir Baxtiyor o‘g‘li – “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori

Usmonov Farhod Fayzrahmonovich – Kartina direktori

Rahimov Muhammadali Alijon o‘g‘li – Film rassomi

Izamov Jamshid Anvarovich – “Shuhrat” medali sohibi, bastakor

Yusupov Muzaffar Mirakbarovich – Film operatori

G‘ofurov Sardor Sobitovich – O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi direktori

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//