O‘zbekiston xalq artisti Gulnora Mavayeva 94 yoshida vafot etdi

Saqlash
18:57 / 26.07.2025 62 0

O‘zbekiston xalq artisti, balerina, raqqosa, ustoz va murabbiy Gulnora Mavayeva 94 yoshida vafot etdi, dab xabar berdi Madaniyat vazirligi.

 

1931 yil 30 iyun kuni Toshkentda tug‘ilgan Gulnora Mavayeva 1941 yil Tamara Xonim nomidagi balet maktabini tamomlaydi. 1948 yil Navoiy nomidagi teatr studiyasi qoshidagi balet maktabini, 1951 yil Moskva xoreografiya bilim yurtining o‘zbek balet studiyasini (M.A. Koxudova sinfida), 1971 yil Leningrad xoreografiya bilim yurtining pedagogika bo‘limini tamomlagan. 1945-1949 hamda 1951-1957 yillar oralig‘ida Gulnora Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri solisti bo‘lgan.

 

Gulnora Mavaeva uzoq yillar davomida balerina sifatida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida klassik baletlardagi yorqin rollari bilan tomoshabinlarni xushnud etgan.

 

Uning raqqosa sifatida o‘zbek xalq raqslarida yaratgan bebaho obrazlari nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning ko‘plab mamlakati tomoshabinlarini ham o‘ziga maftun etgan.

 

Gulnora Mavayeva O‘zbekiston xalq artisti Ma’mura Ergasheva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Feruza Sagdullayeva, Gulnora Nizamova, Jamila Osmanova va boshqa ko‘plab iste’dodli shogirdlarni tarbiyalagan.

 

Artist hayotining so‘nggi kunlarigacha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Respublika ixtisoslashtirilgan xoreografiya maktab-internati o‘qituvchilari va talabalariga o‘z bilim va tajribalari bilan bo’lishib keldi.

 

Uning shogirdlari esa bugungi kunda O‘zbekiston, Kanada, Rossiya, Isroil, Amerika, Germaniya kabi davlatlarda yashab ijod qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//