Madaniyat
“Viki folklorni sevadi — 2025” xalqaro fotosuratlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda O‘zbekcha Vikipediya Telegram kanalida ham xabar berildi.
Eng e’tiborga molik deb topilgan g‘oliblar orasida Elamanova Elvinaga tegishli “Milliy libosdagi o‘zbek qizi” hamda Marat Nadjibayevga tegishli “Buxorodagi festival” suratlari ham bor:

.png)
Turli xalqlarning nomoddiy madaniy merosi, milliy liboslari, folklori, festivallari, raqs va o‘yinlari, urf-odatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan “Viki Folklorni Sevadi — 2025” xalqaro fototanlovi doirasida o‘zbek madaniyati, liboslari, urf-odatlariga oid jami 936 ta surat yuklangan.
Bu yil ushbu tanlovda 142 mamlakatdan 1 912 ta ko‘ngilli ishtirok etgan. Umumiy hisobda Vikiomborga 85 715 ta media fayl yuklangan. Mutlaq g‘olib deb topilgan suratlar Myanma, Turkiya va Filippin kabi davlatlarning o‘ziga xos an’analarini o‘zida aks ettiradi.
Qolgan suratlar bilan quyida tanishishingiz mumkin:
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109705
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q